Vladimir Putin Qirg'izistonga keldi

0

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun, 28 mart kuni davlat tashrifi bilan Qirg'iziston Respublikasiga keldi.

Tashrif doirasida Rossiya rahbari Bishkekda Qirg'iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan muzokara o'tkazadi. Shundan so'ng Prezidentlar Rossiya – Qirg'iziston hududlararo konferensiyasida ishtirok etadi va yozuvchi Chingiz Aytmatovning uy-muzeyiga tashrif buyuradi.

“Muzokaralar chog'ida davlat rahbarlari Rossiya – Qirg'iziston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama etadilar, – deb xabar berdi Kreml matbuot xizmati. – Shuningdek, mintaqaviy tuzilmalar doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari, jumladan, joriy yilda Qirg'iziston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkiloti va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga raisligi yuzasidan fikr almashiladi.”

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma'lum qilishicha, muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo'shma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, turli sohalardagi hamkorlikka oid hukumatlararo, idoralararo, hududlararo va tijorat hujjatlari imzolanishi kutilmoqda.

uza.uz

loading...