YoShLAR! ENERGETIK IChIMLIK IChMANG. TILDAN AYRILASIZ!!!

0

 

Avstraliyalik muallim Den Royals energetik ichimlik ichmasa turolmasdi. Bugun esa tilini ko'rsatib, boshqalar shundan tegishli xulosa chiqarib olishini istadi.

O'zining tan olib aytishicha, muallim kuniga 5-6 banka energetik ichimlik icharkan. Kunlarning birida tili shu darajada aziyat chekdiki, yumshoq nonni ham yeyolmas, gapirolmas bo'ldi.

— Bu chekish yo boshqa narsadan emas, — dedi Den. — Aynan energetik ichimlikdan ekan. Vrachlar aytishdi. Bir banka energetik ichimlik tarkibida 58 gramm shakar bo'larkan. Bundan tashqari, ichimlikning kislotalik darajasi o'ta yuqori darajada. Ana shular nafaqat til, balki, tish hamda ichki a'zolarni yeb boradi. Oqibatda energetik ichimlik ishqibozi kunlarning birida tilsiz yoki tishsiz, boshqa ichki a'zolarsiz qolib ketishi turgan gap.

 

 

 

 

 

loading...