O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 1 aprel kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Ertalabdan ruhiy holatingizga alohida e'tibor qarating. Chunki asab tomirlaringiz tarang tortilgan bo'lsa, turli xastaliklarni keltirib chiqarishi hech gap emas. Kun davomida uy yumushlari bilan band bo'lish, sevimli xobbingizni esga olib qo'yish va tabiat qo'ynida dam olib qaytish ham ziyon qilmaydi. Bahor faslining tarovatidan bahra olasiz. Qushlarning sayrashini tinglab asablarni tinchlantirasiz.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

1 aprelda yangi ishlarga hayajonlarsiz, xavotirlarsiz qo'l ursangiz bo'ladi. Faqat oldin puxta reja tuzib oling. Shunda barchaga o'z iste'dodingizni keng namoyish eta olasiz. Bugun surunkali xastaliklarga qarshi profilaktika amallari, organizmni turli ortiqcha moddalardan tozalash muvaffaqiyatli kechadi. Oilasizlar esa kechqurun romantik uchrashuvga otlanishlari mumkin. Tetikroq bo'ling! Baxtingizga ko'z tegmasin!

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Kuningiz yaxshidan ham yaxshiroq kechishi kutilmoqda. Kun bo'yi qo'lga kiritadigan muvaffaqiyatlaringizdan siz bilan birga oila a'zolaringiz ham zavqlanishadi. Shamollashdan ehtiyot bo'ling. Hozir bahor, bu kabi xastaliklarning yuqishi oson bo'ladi. Ish joyingizda ayrim hamkasblarning hasad ko'zi bilan boqishiga e'tibor bermaslikka harakat qiling. Janjallar kelib chiqishidan saqlaning. Salomatligingiz haqida qayg'uring.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

1 aprel kuni yaqin o'tmishda bajarilmay qolib ketgan ishlarni yakuniga yetkazish niyatida yelib yugurasiz. Qo'rqmang, buning uchun kuchingiz ham, imkoniyatlaringiz ham yetarli bo'ladi. Ammo vaqt yetmay qolishi mumkin. Shoshilishingiz kerakka o'xshaydi. Agar do'stlar orasidan qo'llab-quvvatlaydigan odamni topa olsangiz, albatta muvaffaqiyat qozonasiz. Uxlashga yotishdan oldin og'ir hazm bo'luvchi taomlar iste'mol qilmasligingiz tavsiya etiladi. Shundoq ham ortiqcha vaznga ega bo'lib ulgurgansiz.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Garchi qaysidir masalada nohaq bo'lishsa ham yaqinlaringizni tanqid ostiga olishdan, jahl qilishdan tiyiling. «O'zing har kuni suv ichadigan quduqqa tupurma», degan naqlni yodga oling. Moliyaviy ahvolingizga bugun barcha havas qilsa arziydi. Puldan kamchilik ko'rmaysiz. Ammo kimlardandir qarzingiz bo'lsa, bugundan qoldirmay to'lab qo'yishingiz shart. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Kimdir mehmonga chaqirsa, rad etmang. Mehmondorchilik sizga ruhan madad berishi mumkin.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

1 aprelda negadir zerika boshlashingiz, o'zingizni bu yorug' olamda yolg'iz his eta boshlashingiz mumkin. Do'stlardan, hatto qondoshlardan nari bo'lgan holda yolg'iz qolishni istay boshlaysiz. Bu ham qaysidir ma'noda sizga yordam berishi turgan gap. Rejalarni puxtalab olasiz. Ruhan tetiklashasiz. Tadbirkorlar bugun kunning ikkinchi yarmida yangi kelishuvlarga erishishlari mumkin. Kelishuv shartlari sizga ham, hamkorlarga ham juda ma'qul bo'ladi. Pulingizga pul qo'shilsin.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Kuningiz og'ir kechishi kutiladi. Biroq muammolarni bartaraf etishda yaqinlaringizdan biri yordamga keladi. Hatto, uyga ish olib kelsangiz ham u sizga ko'makdosh bo'ladi. Kechki payt do'stlarning biridan yoqimli xabar eshitasiz va o'zingizni yettinchi osmonda parvoz qilayotgandek baxtli his etasiz. Lekin ko'zlangan daromaddan umid qilmang. Taqdirda boriga shukr qilib turasiz.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

1 aprel kuni eng muhim ishlar allaqachon bajarilib bo'lgani sababli bo'sh vaqtingiz yetarlicha bo'ladi. Dam olish, tabiat qo'yniga chiqib havo almashtirish imkoniga ega bo'lasiz. Shaxsiy hayotingizda ayrim muammoli lahzalar yuzaga kelishi mumkin. Oilasizlar bo'lg'usi juftiga nisbatan munosabatlarda muammoga duch kelishlari mumkin. Tanaffuslar e'lon qiling. Uzog'i bilan bir haftada munosabatlar asl holiga qaytadi.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Kuningiz yorqin vaziyatlarga boy bo'lishi kutilmoqda. Agar dunyoga, hayotga optimist nazari bilan boqa olsangiz, tog'larni ursangiz, tolqon qila oladigan darajada qo'shimcha kuch olasiz. Balki do'stlar bilan sayohatga chiqishingiz kerakdir? Unda shoshiling va qo'ng'iroqlashing. Salomatlik masalasida oshqozon va bo'g'imlarda jiddiy muammolar yuzaga keladi. Shoshiling, salomatlikni tiklash payiga tushing.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

1 aprelda shaxsiy hayotingizda qaltis vaziyatlar ko'ndalang bo'lishi ehtimolga yaqin. Ammo bu vaziyatdan o'z kuch va imkoniyatlaringiz ko'magidagina chiqib keta olasiz. Chetdan kimdir kelib sizni tortib olmaydi. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizning fikrlari bilan ham hisoblashishni unutmang. Qimmatbaho buyumlar, jihozlarni xarid qilishga shoshilmang. Moddiy ahvolingiz ko'tarmaydi. Tejamkor bo'ling!

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

Agar imkon bo'lsa, ko'proq harakatlaning, kerak bo'lsa, raqs tushing, qo'shiq kuylang. Bahoriy havo sizga qaysidir jihatdan salbiy ta'sir o'tkaza boshlagandek. Xuddi shu noqulayliklarni harakatlar yordamida yo'q qila olasiz. Kamchiliklaringizni ko'rgan sari tushkunlikka tushish o'rniga o'z ustingizda ko'proq ishlashga harakat qiling. Oila qurmaganlar kunning ikkinchi yarmida ajoyib bir tanishuvni boshdan kechirishlari mumkin. Agar gap romantikaga burila boshlasa, tashabbusni o'z qo'lingizga oling.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

1 aprel kuni hayotni butkul o'zgartirish niyatida oqimga qarshi suza boshlashingiz kutiladi. Ish ham joningizga tekkan kabi hech narsaga hafsala qila olmay qiynalasiz. Biroq bu narsa sizga faqat ziyon yetkazishi mumkin. Undan ko'ra qo'shimcha daromad keltiradigan ish toping. Shaxsiy biznesiga ega do'stlaringiz bo'lsa, ulardan maslahat so'rang. Ular sizga albatta yordam berishadi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi