“Beeline”ni kim portlatmoqchi edi?

0

“Beeline” uyali aloqa kompaniyasiga qo'ng'iroq qilib, tahdid qilgan shaxs ushlandi.

2019 yil 4 aprel kuni noma'lum shaxs “Beeline” uyali aloqa kompaniyasiga qo'ng'iroq qilib, hisobi to'ldirilgan bo'lsa ham qo'ng'iroq qilolmayotganini, agar 5 daqiqada hisob raqamimini yoqmasa, kompaniyani portlatib yuborishini aytib, aloqani uzib qo'ygan. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor aniqlov tadbirlari natijasida, ushbu qo'ng'iroqni Toshkent viloyati O'rtachirchiq tumani Nurafshon MFY Navbahor ko'chasida yashovchi V.M. mast holda, aloqa tarmog'i yaxshi ishlamaganligi sababli qo'ng'iroq qilganligi aniqlanib, V.M. qo'lga olingan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

 

uza.uz