Toshkentda doimiy propiska qilinishi lozim bo'lgan shaxslar ro'yxatiga o'zgartirish kiritiladi

0

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo'lgan shaxslar – O'zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro'yxati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga ko'ra O'zbekiston Respublikasining 2011 yil 14 sentyabrda qabul qilingan O'RQ-296-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo'lgan shaxslar – O'zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro'yxati 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinishi mumkin:

“3. Vasiylik va homiylikdagi hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar – vasiy (homiy) va bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilayotgan (patronat) shaxslar doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.”.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo'lgan o'z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko'rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlaydi;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati
va ahamiyati aholi o'rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi.

Ma'lumot uchun, 3-bandning amaldagi tahriri quyidagicha ko'rinishga ega:

“Vasiylik va homiylikdagi shaxslar — vasiy (homiy) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga”.

 

kun.uz