Afg'onistonda o'limga mahkum terrorchi to'rt amerikalik harbiyning boshiga yetdi…

0

 

Fojia Bagramdagi NATO aviabazasi yonida sodir bo'ldi. O'limga mahkum jangari mashinaga mahkamlangan portlovchi qurilmani ishga tushirishi oqibatida to'rt nafar amerikalik harbiy halok bo'ldi. Uch askar jiddiy jarohat oldi. Ularga o'z vaqtida tez tibbiy yordam ko'rsatildi. Ushbu portlashni dunyoda faoliyati taqiqlangan «Tolibon» jangari kallakesarlar guruhi o'z zimmasiga oldi.

Shu yil yanvar oxirida boshqa bir o'limga mahkum terrorchi Suriyaning Xasaka viloyatida Amerika va kurdlardan iborat kolonnaga hujum qilgan. Oqibatda besh kishi halok bo'lgan. Terrorchi o'shanda minalashtirilgan mashinada hujum uyushtirgandi.

 

loading...