Abdulla Qurbonov: «O'zidan yulduz yasab olganlar avval salom berishni o'rgansin!»

0

Internet tarmoqlarida keng tarqalgan intervyu chog'ida qo'shiqchi Abdulla Qurbonov o'zidan keyin san'atga kirib kelgan ayrim san'atkorlarning madaniyatsizligidan, odobidan nolib qoldi.

– Men Muhriddan Holiqovning shogirdiman! O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist – Muhriddin Holiqovning shogirdlariman. Muhriddin akam, mani ustozim doim aytardilar «To'g'ri bo'linglar, to'g'ri ishlanglar. Sendan bir kun oldin sahnaga chiqqanmi, hurmatini o'z o'rniga qo'yinglar. O'shanda xor bo'lmaysizlar» derdilar. Hozirgilar o'zidan yulduz yasab oladi, bir pasda. Mega yulduz, sahna yulduzi! Meni jahlim chiqadi, qanaqa yulduz?! Oldin shunga munosib bo'lish kerak-da! Shunaqa porloq yulduz bo'lish uchun avval xizmatni qilish kerak. Qo'shiqni halollab aytish kerak. Mana masalan, men bir xil vaqtlar to'ylarga boraman, bir pasda o'zidan yulduz yasab olganlar qo'lida telefon, telefon o'ynab o'tiradi. «Hoy, odammisan san, kimni bolasisan, qanaqa elning farzandisan? Sendan katta odam kelyapti, hamkasabang kelyapti, o'rningdan turib, «Assalomu alaykum» demaysanmi? Hozirgi mega yulduzlar birinchi navbatda assalomu alaykumni o'rganib olsin!»

Ha, Abdulla Qurbonovning ham kuyunganicha bor. Siz nima deb o'ylaysiz, aziz o'quvchi!

 

loading...