Sergeliliklar bosh vazir qabulida!..

1

Xabaringiz bor, Toshkent shahri Sergeli tumanidagi yangi qurilgan uylar bilan bog'liq mojarolar hamon davom etmoqda.

Holatni va aholining murojatlarini o'rganish maqsadida bugun Sergeli tumani hokimligida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida fuqarolar qabuli o'tkazildi.

Qabulda Sergeli tumanida qurilgan imtiyozli uylarning narxi va sifati yuzasidan fuqarolar murojaatlari tinglandi.

Shundang so'ng Bosh vazir tomonidan tegishli mutassaddi rahbarlarga narxlarni maksimal darajada kamaytirish hamda xonadonlar sifati bo'yicha to'liq qayta ko'rib chiqish borasida topshiriqlar berildi.

1 oy muddatdan so'ng Respublika komissiyasi xulosasi asosida qayta ko'rib chiqilgan xonadon narxlari bo'yicha ochiq-oshkor hisobot berilishi ma'lum qilindi.

Demak, endi sergeliliklar muammosi o'z yechimini, albatta, topadi.

loading...

1 TA FIKR

Comments are closed.