KUN KULGISI…

0

 

 

* * *

 

Xasis ko'chada o'ziga o'xshagan xasis bir vrachni ko'rib qoldi va bepul maslahat olish niyatida undan so'radi:

— Do'stim, shamollab qolganingda nima qilasan?

— Aksiraman.

 

* * *

 

Erkak do'stiga hasrat qilyapti:

— Taxta bitlar jonga tegdi. O'ldirib tugatib bo'lmayapti! Divanni egallavolishgan yaramaslar!

— Hozir qish bo'lsa, divanni tashqariga, sovuqqa opchiqib qo'y, o'ladi-ketadi o'sha bitlaring!

— Buniyam qip ko'rdim.

— O'lmadimi?

— O'lish qayoqda deysan? Divanni qaytadan xonaga opkirib qo'yishyapti dayuslar.

 

* * *

 

Xotin eriga erkalangan ohangda dedi:

— Kechqurun sizni ketvorgan ayol bilan romantik kecha kutadi.

— Yo'g'-e, safarga ketyapsanmi yana?

 

* * *

 

Beshinchi sinf o'quvchisidan muallima so'radi:

— «Sevmoq» so'zining kelasi zamondagi ko'rinishini ayt!

— Yo turmushga chiqmoq, yo ayrilmoq.

 

* * *

 

Xotin erini quchib erkalandi va dedi:

— Jonim, sizni shunchalar sevamanki… Hozir sizning eng sevimli narsangizni hadya qilaman, kela qoling!

— Rostdanmi? Ura-a-a-a!!! Bugun kartoshkali somsa yerkanma-an!!!

 

* * *

 

Chukchaga qorda harakatlanadigan zamonaviy mashina sovg'a qilishdi. Undan so'rashdi:

— Xo'sh, mashina yoqdimi?

— Yoqdi, ammo itlarim negadir juda tez charchab qolishyapti.

 

* * *

 

Erkak ekstrasensga qo'ng'iroq qilib so'radi:

— Allo, bu ekstrasens Fayzixon Fayziyevnami?

— Xuddi shunday, Eshmat Toshmatovich.

— Men Eshmat Toshmatovich emasman!

— Bilaman.

 

* * *

 

— Bilasanmi, do'st, itim kecha hayotimni saqlab qoldi.

— Qanday qilib?

— Gripp bo'lgandim. Tuman poliklinikasi bosh vrachi tekshirib ko'rishga kelgandi, uyga kiritmadi.

 

* * *

 

Erkak do'konga kirib sotuvchidan so'radi:

— Sizlarda boks qo'lqopi bormi?

— Yo'q.

— Suzish shapkachasi-chi?

— Yo'q.

— Chang'i bordir hech bo'lmasa?

— Og'ayni, bu do'konda faqat ichkiliklar sotiladi.

— Unda bir shisha ichkilik bering!

Ichkilikni qo'liga olgach, asta nari ketdi-da, shivirladi:

— Xudoyim, mana, o'zing sport bilan chin ko'ngildan shug'ullanishga uringanimni ko'rding! Do'konda birontayam sport anjomi yo'g'akan. Endi men osiy bandangni kechirmasang bo'lmaydi!

 

* * *

 

Er-xotin ko'chada sayr qilib yurishgandi. Xotin qarama-qarshi tarafdan yangi ko'ylakda kelayotgan dugonasini ko'rib qolib erini turtdi.

— Menga qarang, hozir dugonam yaqin kelsa, bir ko'ylagini maqtab qo'ying!

— Nega? Dugonangni xursand qilmoqchimisan?

— Yo'q, yaqinda unga «Erimning didi yaxshi emas» degandim.

 

* * *

 

— Xotinjon, tushimda ikkalamiz begona shaharda yurganmishmiz-u, kutilmaganda seni yo'qotib qo'yibman. Shunaqangi siqildim-ki…

— Keyin topdingizmi meni?

— Ie, qidirsam topaman-da!

 

* * *

 

Ayol hayvonot bog'ida yurib tuyaqushlar bilan qiziqib qoldi va bog' xodimidan so'radi:

— Ayting-chi, tuyaqush ham pat tashlaydimi?

— Ha, yerda yuz dollar yotganini ko'rsa, shu zahoti pat tashlab yuboradi.

Olimjon HAYIT tayyorladi