Lola Karimova Tillayevadan ajoyib taom resepti

0

Avval va'da berganimdek, hayvon mahsulotlarisiz tayyorlangan menga yoqqan foydali reseptlarimni siz bilan bo'lishaman. Bugun sizga gulkaramdan tayyorlangan taomlardan birining reseptini namoyish etmoqchiman. Buning uchun sizga: gulkaram, piyoz, ikki dona pomidor, sarimsoqning ikki bo'lagi, tuz va ozgina asal yoki boshqa shirin sirop (Agave yoki Mepl) kerak bo'ladi.
Gulkaram haqida ma'lumot:
Gulkaram kam kaloriyalik va shu bilan birga vitaminlarga boy sabzavot. Shunisi e'tiborga loyiqki, gulkaramda sizga zarur bo'lgan qariyb barcha vitamin va minerallar mavjud.
Gulkaram vitamin V va kletchatkaga boydir. Saraton kasalligini oldini oluvchi antioksidantlarni ta'minlaydi. Tarkibida vazn yo'qotish va oshqozon faoliyatini yaxshilashda yordam beruvchi kletchatka mavjud. Shuningdek, miya faoliyati va xotirani yaxshilovchi xolin kabi foydali oziqalarga boy mahsulot.

loading...