APL. MYu beshinchi o'ringa ko'tarildi

0

Angliya chempionatining 34-turida «Manchester Yunayted» o'z maydonida «Vest Xem» bilan o'ynab, 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Uchrashuvda Pol Pogba raqib darvozasiga belgilangan ikkita penaltini aniq amalga oshirib, «qizil iblislarga» g'alaba keltirdi. Shu tariqa, MYuning ochkolari soni 64taga yetib, ular bilan bir xil ochko to'plagan «Arsenal»dan to'plar nisbatiga ko'ra  o'tib ketdi.

«Manchester Yunayted» – «Vest Xem 2:1

«Old Trafford» stadioni

Gollar: 1:0 – 19, penalti Pogba, 1:1 – 49 Felipe Anderson, 2:1 – 80, penalti Pogba.

«Manchester Yunayted» – De Xea, Diogu Dalot, Roxo (Pereyra, 75), Djons, Smolling, Lingard, Pogba, Fred, Mata (Reshford, 55), Marsyal, Lukaku (Grinvud, 75).

«Vest Xem» – Fabianski, Sabaleta (Frederiks, 76), Masuaku, Balbuena, Rays, Nobl, Felipe Anderson, Lansini (Diangana, 62), Snodgrass, Ogbonna, Ernandes (Antonio, 73).

loading...