Kimlarga yer uchastkalari 0,04 gektargacha auksionsiz beriladi?

0

Quyidagilarga yer uchastkalari 0,04 gektargacha auksionsiz ariza asosida beriladi:

???? halok bo'lgan harbiy xizmatchilar oilalariga;
???? davlat va xususiy uy-joy fondidagi o'zlari egallab turgan uy-joyni tuman hokimliklariga o'tkazayotgan fuqarolar va mulkdorlarga.

Yer uchastkasini berish bo'yicha imtiyozlar bir oilaga bir marta (mulkdorning nomiga) beriladi va oilaning boshqa a'zolariga tatbiq etilmaydi.

Buning uchun tuman (shahar) hokimligiga ariza berilishi kerak.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
???? doimiy yashash joyi bo'yicha uy-joy kadastr hujjati nusxasi (mavjud bo'lgan taqdirda);
???? yuqorida ko'rsatib o'tilgan fuqarolar toifalarining birortasiga mansublikni tasdiqlovchi hujjat.

Ariza maxsus komissiya tomonidan o'n kunda ko'rib chiqiladi.

Komissiya ijobiy xulosa chiqarsa hokim yer uchastkasi berish haqida bir kunda qaror qabul qiladi hamda uch kunda yer uchastkasi chegaralari o'lchab beriladi.

Agar fuqaroning yerni auksionsiz olishga haqqi bo'lib, yer uchastkalarini berish imkoni bo'lmagan holatlarda, u elektron navbatga kiritiladi. Navbatni internet orqali kuzatib borish mumkin.

Navbat tartibida yer uchastkalarini olishga ehtiyojmand fuqarolar ro'yxati tuman (shahar) hokimi tomonidan har olti oyda kamida bir marta tasdiqlanadi.

Bunda, fuqarolar tasdiqlangan ro'yxatga kiritilgani haqida, yer uchastkasi berilishining mo'ljaldagi muddatini ko'rsatgan holda xabardor qilinadi.

«huquqiyaxborot» kanalidan olindi.

 

loading...