Venesuela hukumati 9 tonna oltinini 400 mln dollarga sotdi

0

Venesuela hukumati AQSh xaridorlarga bosim o'tkazgan bo'lsa ham 9 tonna oltinini 400 mln dollarga sotishga muvaffaq bo'ldi.

OAV tarqatgan xabarga ko'ra, bu qimmatbaho metalni qo'lga kiritgan xaridorlar Turkiya hamda BAA kompaniyalari bo'lishi mumkin. Oltinlar sotilibdimi, demak prezident Nikolas Maduro AQShning Venesuelaga qo'llagan iqtisodiy sanksiyalaridan chetlab o'tishga muvaffaq bo'lgan.

Mamlakat Markaziy banki ma'lumotlariga ko'ra, respublikaning oltin zahirasi hozirda 8,6 mlrd. dollarni tashkil etmoqda.