Avstraliyada yovvoyi it belanchakda yotgan bolani o'g'irlab ketdi

0

Avstraliya sharqida joylashgan Freyzer orolida dingo yovvoyi iti ko'chma uyga kirdi va belanchakda yotgan bir yoshdan oshgan bolani o'g'irlab ketdi, deya yozmoqda gazeta.ru

Qayd etilishicha, bolani o'limdan uning otasi saqlab qolgan. Ota yovvoyi hayvonning og'zidan 14 oylik bolani tortib olgan.

«Ota-ona qo'rquv bilan uyg'onib, itning ortidan quvib ketgan hamda farzandini qutqarish uchun bir nechta dingolar bilan kurashishga to'g'ri kelgan», — deyiladi xabarda.

Bola boshi va bo'ynidagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

loading...