Ter Shtegen Messining MYuga urgan ikkinchi goli unga og'ir botganini va nima sababdan nishonlamaganini aytdi

0

«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen «Manchester Yunayted» a'zosi David de Xeani qo'llab-quvvatladi.

«Men Messining MYu darvozasiga kiritgan ikkinchi golini nishonlay olmas edim. Sababi, de Xeaning xatosi menga og'ir botdi. Hammamiz insonmiz va bunday xatoga boshqalar ham yo'l qo'yishi mumkin. Bunday holatlar tufayli biz darvozabonlar boshqa pozitsiyadagi futbolchilarga nisbatan ko'proq jabr ko'ramiz. Chunki, xatoimiz yaxshiroq ko'zga tashlanadi. Uchrashuvdan so'ng, men de Xeaga barchamiz xato qilishimizni aytib, hayot davom etishini ta'kidladim», – deya qayd etgan 26 yoshli germaniyalik posbon.

loading...