Turkiyalik mashhur xonanda «Paxtakor» – «Dinamo» uchrashuvini tomosha qildi va Arveladzening dastxati tushirilgan futbolkaga ega bo'ldi (+foto)

0

Turkiyalik mashhur xonanda Rafet El-Roman O'zbekiston superligasi 5-turidan o'rin olgan «Paxtakor» – «Dinamo» bahsini (2:0) bevosita stadiondan tomosha qildi. Rafet El-Roman uchrashuvni «Trabzonspor» libosini kiygan holda kuzatib borgan. «Sherlar» ustozi Shota Arveladze o'z vaqtida «Trabzonspor» safida ham futbolchi ham murabbiy sifatida faoliyat olib borgandi. O'yindan keyin Arveladze Rafet El-Roman uchun maxsus tayyorlangan futbolkani taqdim etgan.

loading...