A Seriya. Ronaldu va «Yuventus» bugun Italiya chempionligini hal etishi mumkin. «Fiorentina»ga qarshi qaydnoma ma'lum (+foto)

0

Bugun, Italiya chempionatining 33-tur uchrashuvi doirasida «Yuventus» o'z maydonida «Fiorentina»ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00ga rejalashtirilgan. Ma'lum sabablarga ko'ra Mattia Perin, Paulo Dibala, Mario Manjukich, Sami Xedira, Martin Kaseres va Jorjo Kyellini kabi futbolchilar qaydnomadan joy olmagan. Qayd etish joizki, bugungi g'alaba turinliklarga Italiya chempionligini taqdim qiladi. «Fiorentina» musobaqa jadvalining 10 pog'onasida ketmoqda.

Darvozabonlar: Shensni, Pinsolo, Del Favero

Himoyachilar: Bonuchchi, De Shilo, Aleks Sandro, Rugani, Kanselu, Barzali, Spinassola

Yarim himoyachilar: Pyanich, Matyuidi, Jan, Bentankur, Nikolussi

Hujumchilar: Ronaldu, Kuadrado, Kin, Bernardeski, Mavididi