Boks. Osiyo chempionatining ikkinchi kunida olti nafar O'zbekiston vakili keyingi bosqichga yo'l oldi

0

Tailand poytaxti Bangkok shahrida davom etayotgan boks boy'icha Osiyo chempionatining ikkinchi kunida 8 nafar O'zbekiston vakili kurashga kirishdi. Qizlardan Fotimaxon Tursunboyeva (-48) hamda Tursunoy Rahimova (-54 kg) musobaqa bilan xayrlashgan bo'lsa, Shahnoza Yunusova (-69) va keyingi bosqichga yo'l oldi.

Erkaklardan esa Nodirjon Mirzaahmedov (-49), Shukurjon Rahimov (-60), Miraziz Mirzahalilov (-69), Shunqor Abdurasulov (-64) va Isroil Madrimov (-75) o'z janglarida g'alaba qozondi. Qayd etish joziki, Shunqor Abdurasulov bugun o'zining ikkinchi jangini o'tkazib, chorak finalga yo'l oldi.

Eslatib o'tamiz, kechagi bahslarda Bobousmon Baturov (-69) va Yodgoroy Mirzayeva (-57) ham keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etgandi.

loading...