APL. Yil futbolchisi hamda eng yaxshi yosh o'yinchi nominatsiyalariga nomzodlar tanlab olindi (+foto)

0

Angliya Professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) yil futbolchisi sovrini uchun nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi. Demak, mazkur ro'yxatdan quyidagi futbolchilar joy olgan:

Serxio Aguero, Rahim Sterling, Bernardu Silva (barchasi – «Manchester Siti»);

Virjil van Deyk, Sadio Mane (ikkalasi – «Liverpul»);

Eden Azar («Chelsi»).

Shuningdek, yilning eng yaxshi yosh o'yinchisi (23 yoshgacha) bo'lish uchun quyidagi iqtidorli futbolchilar kurash olib boradi:

Bernardu Silva va Raxim Sterling (ikkalasi – «Manchester Siti»)

Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»);

Devid Bruks («Bornmut»);

Markus Reshford («Manchester Yunayted»);

Deklan Rays («Vest Xem»).