Maktablarda pullik ta'lim ko'rsatish tartibi tasdiqlandi

0

Hukumat qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim muassasalarida pullik ta'lim xizmatlarini ko'rsatish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, pullik ta'lim xizmatlari zarur moddiy-texnika bazasi va tegishli pedagog xodimlarga ega bo'lgan maktablarda tashkil etiladi.

▪️ Pullik ta'lim xizmatlari shartnoma asosida ko'rsatiladi.

▪️ Mazkur xizmatlarga o'quvchilarni majburiy jalb etish taqiqlanadi.

▪️ Pullik xizmatlar uchun to'lov kam ta'minlangan oilalar farzandlari uchun umumiy narxning 50 foizi miqdorida belgilanadi.

▪️ Bitta guruhda mashg'ulotlarda qatnashuvchilarning soni 35 nafardan oshishi mumkin emas.

▪️ Pullik xizmatlardan tushadigan mablag'ning 50 foizidan kam bo'lmagan qismi pedagog o'qituvchilarga beriladi.

▪️ Pullik xizmatlar uchun haq banklar orqali to'lanadi, to'lovni maktabda amalga oshirish taqiqlanadi.

Hujjat haqidagi to'liq ma'lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

loading...