Boks. Shahram G'iyosov chempionlik kamarini qo'lga kiritdi! Ahmadaliyev esa navbatdagi raqibini nokautga uchratdi

0

AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida professional boks kechasi doirasida bir qator janglar o'tkazildi.

Ushbu kecha doirasida O'zbekiston vakili Shahram G'iyosov amerikalik Emmanuel Teylorga qashi ringga ko'tarildi. Jang vakant bo'lib turgan WBA Intercontenintal chempionlik kamari uchun o'tkazildi. 10 raundga mo'ljallangan to'qnashuvda hakamlar qaroriga ko'ra 99:91, 99:91, 97:93 hisobida 25 yoshli o'zbektsonlik bokschining qo'li baland kelib, titul sohibiga aylandi. Qayd etish joizki, Shahram faoliyatidagi 8ta jang o'tkazib, ularning barchasida zafar (6 nokaut) quchgan.

Yana bir o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Murodjon Ahmadaliyev esa meksikalik Karlos Karlsonga qarshi oltinchi jangida ringga ko'tarilib, uchinchi raundda raqibini nokaut qildi. 24 yoshli Ahmadaliyev o'tkazgan janglarining barchasida qo'li baland (5 nokaut) kelgan.

loading...