Grin-karta bilan AQShga borgan o'zbek bolakayi fojiada halok bo'ldi

0

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi 2 may kuni Nyu-York shahrining Bruklin tumanida 2015 yil 16 dekabr kuni tug'ilgan O'zbekiston fuqarosi E.Sh.ning avtohalokatda halok bo'lgani haqida xabar berdi.

4 yoshga endigina to'lgan bu bolakay AQShga ota-onasi bilan grin-karta orqali ketgan ekan. TIV konsullik xizmati marhumning oila a'zolariga hamdardlik bildirgan va AQShning 35 ta shtatida istiqomat qiluvchi fuqarolarimizga bog'lanish uchun o'z telefon raqamlarini taqdim etishgan.