Boks. Elnur Abduraimov professional boksdagi nokautli seriyasini davom ettirdi

0

Ekaterinburg shahrida professional boks bo'yicha xalqaro musobaqa o'tkazilayotgani haqida xabar bergandik.

Engil vazn toifasida ringga ko'tarilgan Elnur Abduraimovga Issa Nampepeche (Tanzaniya) raqiblik qildi. Uchrashuv davomida katta ustunlik o'zbekistonlik bokschining tarafida bo'ldi. U tanzaniyalik bokschini nogdaunga uchratish va bir necha bor muvozanatdan chiqarishga ham erishdi. Raqib tomon esa 4-raundda bahsni davom ettirishdan bosh tortdi va hakamlar tomonidan 24 yoshli Abduraimovga texnik nokuat bilan g'alaba yozildi. Shu tariqa, Elnur prof ringdagi 5-jangida ham nokaut bilan muvaffaqiyat qozondi.

Biroz oldin, Alisher Habibullayev mezbon vakili Ilya Balandin bilan murosa yo'lini tanlagandi.

loading...