Bundesliga. Bavariya – 29 karra Germaniya chempioni! Robben va Riberi xayrlashuv uchrashuvida gol urishdi (+foto)

0

Germaniya bundesligasining so'nggi 38-turida «Bavariya» o'z maydonida Frankfurtning «Ayntraxt» klubini qabul qilib, yirik hisobda g'alabaga erishdi va 29-marotaba mamlakat chempioniga aylandi. Uchrashuv oldidan esa ko'p yillardan buyon myunxenliklar sharafini himoya qilib kelgan futbolchilar Arien Robben (2009-2019), Frank Riberi (2007-2019) va Tyago Alkantara (2013-2019) bilan xayrlashuv marosimi o'tkazildi.

«Bavariya» – «Ayntraxt F» 5:1 (1:0, 4:1)

«Alyans-Arena» stadioni.

Gollar: 1:0 – 4 Koman, 1:1 – 50 Aller, 2:1 – 53 Alaba, 3:1 – 58 Sanshesh, 4:1 – 72 Riberi, 5:1 – 78 Robben.

«Bavariya» – Ulrayx, Xummels, Alaba, Kimmix, Zyule, Goretska (Sanshesh, 37), Koman (Riberi, 61), Gnabri (Robben, 67), Alkantara, Levandovski, Myuller.

«Ayntraxt F» – Trapp, da Koshta, Abraam, Xinteregger, Xasebe, Kostich, Fernandes, Gachinovich, de Guzman (Aller, 46), Rebich (Torro, 64), Yovich.

Ogohlantirishlar: Xinteregger (36), Xasebe (51), Alkantara (69), Riberi (73).

Chempionatning yakuniy turnir jadvali esa quyidagicha ko'rinish oldi: