“Farzandlaringizga o'qib bering.” MASAL: “DAVLATMAND VA ShOIR”

0

 

Katta Davlatmand-la Shoir bir mahal

Qilishdi janjal.

Hamda hukamolar etishsin deb hal –

Har ikkov kelishdi qozixonaga.

 

Shoir turar yupun, g'aribu nochor,

Na egni durustu na chorig'i bor.

Boy esa o'ralib zar — shohonaga

Turardi bezrayib, mag'rur, dimog'dor.

 

Shoir yaratganga qildi iltijo:

«O'zing rahm ayla, ey qodir xudo!

Etib borgay senga bu o'tli ohim,

Axir, o'zing aytgil, nadir gunohim?

 

Yoshligimdan tamom sho'rdir peshonam,

Na yemishim tayin, na issiq xonam.

Bor-yo'g'im hammasi — xayolda xolos.

Holbuki, mening bu raqibim, paqqos –

 

Mehnatsiz, idroksiz qiynamasdan jon –

Qasrlarda surar bemalol davron.

Noz-ne'matlar ichra yo'q bosib yashar,

Shumi adolating, xalloqi bashar?»

 

Tangridan Shoirga keldi bir nido:

«Nahotki, sen uchun arzimas aslo –

Lirang jaranglashi asrlar aro?

Uni-chi? Hech kimsa olmas yodiga,

 

Nomi qolmas hatto zurriyotiga.

Axir, tanlagansan o'zing qismatni,

Oltinu zar emas, o'lmas shuhratni.

Davlatmandga etdim men dunyo ato,

 

Etsa edi uning idroki, ammo –

Sezsaydi o'zining arzimasligin,

Sen yaxshi bilgin:

U o'z toleidan bo'lib norozi –

Sendan ko'ra ko'proq nolirdi hozir».

Krыlov I. A

 

 

loading...