Taylandda it tiriklay ko'milgan chaqaloqni topibgina qolmay, uni o'limdan ham asrab qoldi…

0

 

Bu voqea Tayland shimoli-sharqida joylashgan Nakxon Ratchasima viloyatida sodir bo'ldi. Shu yil 15 may kuni 41 yoshli Uza Nizayka ismli erkak «Ping-Pong» laqabli iti bilan sayr qilib yurgandi. Qaysidir fermerga tegishli maydonga yetganda, it turgan yerida yerni titkilab hura boshladi. Erkak hayron bo'lib qarasa, yer ostidan chaqaloqning oyog'i chiqib turibdi. Jonholatda yerni kovlab chaqaloqni tortib oldi. Xayriyat, o'lmagan ekan. Darhol kasalxonaga olib bordi.

Keyinchalik ma'lum bo'ldiki, bolaning onasi qo'shni qishloqlik 15 yashar qiz ekan. U ota-onasidan bekitiqcha homilador bo'lib olgan. Bilib qolishlaridan qo'rqib o'zi mustaqil tarzda tug'ib, bolani tiriklay ko'mib tashlabdi. Shafqatsiz qiz politsiya tarafidan qo'lga olindi. Chaqaloq esa o'ziga kelib qolibdi. Uni qizning ota-onasi olib ketib tarbiya qilarkan.

«Ping-Pong» bo'lsa, butun qishloqda haqiqiy qahramonga aylandi.

 

 

loading...