Yangiyo'lda avtohalokat sodir bo'ldi. Qurbonlar bor…

0

 

17 may kuni «Kobalt» avtomobilini boshqarib ketayotgan 23 yoshli haydovchi «Toshkent-Termiz» yo'lining 827- kilometrida buzilib qolgan yuk mashinasiga borib urilgan. Oqibatda «Kobalt»da o'tirgan surxondaryolik 44 yoshli Z. M., 46 yoshli S. X. ismli ayollar jiddiy jarohat olib, fojia yuz bergan joyda vafot etdi. Yana ikki yo'lovchi: 33 yoshli X. X. va 22 yoshli S. A. lar ham jarohat oldi. Ularga o'z vaqtida tez tibbiy yordam ko'rsatilgani haqida ma'lumot berilgan.

Haydovchining o'zi ham kasalxonaga yotqizilgan.

Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

loading...