Boks. Xurshid Tojiboyev hamda Shahobiddin Zoirov Daniyada navbatdagi janglarini o'tkazdi

0

18-may kuni Daniyaning Orxus shahridagi arenalardan birida professional boksda O'zbekiston sharafini himoya qilib kelayotgan Xurshid Tojiboyev hamda Shahobiddin Zoirov navbatdagi janglarini o'tkazdi. Ikkala bokschiga ham gruziyalik chram qo'lqop vakillari to'qnash keldi.

Xurshid Tojiboyev 6 raundga mo'ljallangan bahsda Irakli Shariashvili ochkolar hisobiga mag'lub etib, faoliyatidagi ikkinchi jangida ham qo'lib baland keldi. Debyut jangida esa u nokaut bilan zafar quchgandi.

Shahobiddin Zoirovga esa Mishiko Shubitidze raqiblik qildi. Zoirov ilk raunddayoq gruziylik bokschini nokautga uchratib, faoliyatidagi ikkinchi jangida ham muddatidan oldin g'alabaga erishdi.

loading...