Gulistonlik ayol to'rt kunlik bolasini 200 dollarga pullamoqchi bo'ldi…

0

 

Gulistonda huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari U. J. ismli ayolni qo'lga olishdi. Ma'lum bo'ldiki, ayol tug'ilganiga atigi 4 kun bo'lgan bolasini hech qanday hujjatlashtirishlarsiz M. N. ismli ayolga 200 dollar evaziga sotmoqchi bo'lgan. Ammo yovuz niyatiga yeta olmadi. Qo'lga tushdi.

Hozirda ushbu fakt yuzasidan respublika jinoyat majmuasining 135- modda 3- qismi («Odam savdosi») ga asosan jinoiy ish qo'zg'atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida ayol bolasini moddiy ahvoli yomonligi sababli sotmoqchi bo'lganini aytib o'tdi.

 

 

loading...