ODAMFURUShLAR… (Ko'ngli bo'shlar o'qimasin)

0

 

Bu fojiali voqea bir paytlar butun Rossiyani oyoqqa turg'azgandi. O'shanda Krosnayarskdagi kanallarning biridan besh nafar 10-12 yoshlar atrofidagi bolakaylarning tana qismlari topilgan. Xo'sh, qaysi hayvonsifat odamlar bolakaylarni bu ahvolga soldi?..

 

«BOMJ» LARNING DAHShATLI TOPILMASI

 

Aprel oyida Maksim Taumanov, Safar Aliyev, Gagash Mamedgasanov, Aleksandr Lavrenev va Dmitriy Makarovlar izsiz g'oyib bo'lishdi. Bir necha kunlik tinimsiz qidiruvlar hadeganda o'z natijasini bera qolmadi. Krasnoyarsk o'lkasi gubernatori Aleksandr Xloponin hatto bolalarni topib kelganlarga maxsus mukofot ham tayinladi. Hozir esa, topgan odamlar ma'lum. Bir umr temir-tersak yig'ib tirikchilik qilgan ikki nafar «bomj» kanaldan bolakaylarning jasadini topib olibdi. Murdalar bir necha o'nlab bo'laklarga bo'lib tashlangan edi. Tishlarning joylashishi, kiyimlarga qarab bu jasadlar xuddi o'sha yo'qolgan bolakaylarga tegishli ekani aniqlandi. Dastlabki taxminlarga ko'ra, ular baxtsiz hodisa tufayli halok bo'lishgan degan xulosaga kelindi. Sababi, besh nafar bolaning barchasi shu kanal qirg'og'ida o'ynashni yoqtirishardi. Ular kanalning o'rtarog'iga borib tayoq bilan suv chuqur yo sayozligini aniqlamoqchi bo'lishgan. Afsuski, uerda qandaydir jarlik bo'lgan-u, shuerga tushib ketishgan va halok bo'lishgan…

Ammo bu taxminlar unchalik haqiqatga yaqin emasdi. Chunki bolakaylar hech qachon kanalning o'rtasiga bora olishmaydi. Qolaversa, kanalda hech qanday jarlik borligi o'z isbotini topmadi.

 

TIRIK JON XARIDORLARI

 

— «Bugun biz har bir bolaning o'limi sabablarini aniq ayta olmaymiz. — deydi Rossiya bosh prokurori. — Lekin qotillarni baribir topamiz…

Tergovda yana bir taxminiy xulosa paydo bo'ldi. Ma'lumotlarga qaraganda, mamlakat ichkarisida inson tana a'zolari bilan savdo-sotiq qiluvchilar ko'payib ketgan. Masalan, qora bozorda odamning yuragi 160 ming, jigari 60 mingdan 150 minggacha, buyragi 15 ming Amerika dollari miqdorida sotilarkan. Bolakaylar esa, juda sog'lom edi. Balki, qotillar ularni sun'iy ravishda uxlatib qo'yishgan-u, kerakli tana a'zolarini sug'urib olishgandir? Shundan so'ng qolgan qismlarini kanalga uloqtirib yuborishgandir? Albatta, bu taxminiy xulosalarni ham avval yaxshilab tekshirib chiqish lozim bo'ladi. Lekin hali hech kim bu narsaning bo'lishi mumkin emasligi to'g'risidagi aniq dalilni keltira olgani yo'q.

Oxirgi yillarda Rossiyada bolalarning tana qismi bilan savdo yuritish dahshatli tus olganini ko'pchilik biladi. Ayniqsa, haftalik gazetalarga razm solsangiz, tirik jonni sotish yoxud sotib olish niyatida yurganlar e'lonlar berishadi. Ana o'sha e'lonlar yordamida ular bir-birlarini osongina topishadi va o'zlarining hayvoniy ishlarini amalga oshirishadi.

Nadomatlar bo'lsinki, shu ish bilan shug'ullanuvchi birgina shaxs — ryazanlik Nina Tkachevagina sud hukmi bilan o'z jazosini oldi. U katta pul evaziga o'g'il nevarasini o'ldirib, tana qismlarini pullamoqchi bo'lgan ekan. «Buvi» buning uchun gazetaga «Nevaramning tana qismlarini qimmat narxda sotaman» mazmundagi e'lon berdi. Xaridor ham uzoq kutdirmadi kampirni. Bir hafta o'tib qora bozorda uni o'sha xaridor izlab topdi. Nina sira o'zini yo'qotmasdan bolaning a'zolari uchun 100 ming dollar so'radi. Savdolashishdi. Oxiri 90 mingga kelishishdi. Bu vaqtda hech narsadan bexabar nevara mashinada bamaylaxotir buvijonisini kutardi. Shunda kutilmaganda tezkor guruh a'zolari paydo bo'lishdi-yu, kampirga qo'shib o'g'li va kelinini ham qo'lga olishdi. Natijada Nina 4, 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bolakay esa ,etimxonaga joylab qo'yildi.

Yana bir voqeaga to'xtalsak. Chikagoda yashovchi bir ayol o'zi asrab olgan olti yoshli Alesh Geyko ismli bolasini to o'lib qolmaguncha kaltaklayveradi. Albatta, buni u o'zining g'arazli maqsadi tufayli amalga oshiradi. Maqsadi, bolaning buyragi, yuragi, jigari va shunga o'xshash asosiy tana a'zolarini kimlargadir pullash edi. Vaholanki, bolani ayol aynan Rossiyadan olib ketib asrab olgan ekan. Shunga o'xshash dahshatli voqealar takrorlanavergach, Rossiyadan chetga yetim bolalarni olib chiqib ketish butkul taqiqlab qo'yildi. Ajab emaski, bugunoh go'daklar shu bahonada bir necha o'nlab qismlarga bo'laklab tashlanishmasa. Ajab emaski, ular ham boshqalar singari Xudo bergan umrini tinchgina yashab o'tishsa.

Aleksey MARTOV

Rus tilidan Olimjon HAYIT tarjimasi

 

 

loading...