Ukraina yangi prezidenti AQSh ni Rossiyaga yanada kuchliroq bosim o'tkazishga chaqirmoqda…

0

 

Ukraina yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy inauguratsiya marosimidan so'ng ayni shu marosimga tashrif buyurgan Oq uy vakillari bilan suhbat o'tkazdi. Suhbat chog'ida u amerikaliklarni Rossiyaga qarshi yangi va yangi sanksiyalar o'ylab topgan holda yanada kuchliroq bosim o'tkazishga chaqirdi.

— Biz Donbass va Qrimning alamini Rossiyadan yolg'izlikda ola bilmaymiz, — dedi u. — Buning uchun Amerikaning yordami juda zarur.

Bundan tashqari, Zelenskiy Amerikani Ukrainada demokratik islohotlar o'tkazishda barchaga o'rnak bo'la oladigan davlat sifatida baholadi.

Amerika energetika vaziri Rik Perri Zelenskiyning so'zlariga javoban qo'shma shtatlar ham Ukraina yangi prezidenti bilan hamkorlikda ish boshlash niyatida ekanini aytib o'tdi.

 

loading...