O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 23 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

23 may kuni atrofdagilar bilan muloqotda hazil-mutoyiba aralashtirsangiz, faqat yutasiz. Do'stlaringiz, tarafdorlaringiz ko'payadi. Oilasiz bo'lsangiz, kimlarningdir idealiga aylanishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Ammo oilali bo'lsangiz, ehtiyotingizni qiling. Arzimas xushomad ham shaxsiy hayotingizga qora soya tashlashi mumkin. Yoshi ulug' odamlar bugun qon bosimlarini nazoratda ushlashlari kerak bo'ladi. Ayrimlar kun davomida bosh og'rig'idan bezovta bo'lishlari mumkin.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Ko'p ishlaringiz bugun baroridan kela qolmasligi mumkin. Biroq xavotirga o'rin yo'q. Biri baroridan kelmasa, boshqasi albatta sizni mamnun torttiradi. Agar kunning ikkinchi yarmida o'zingizni yomon his eta boshlasangiz, darrov vrach huzuriga boring. Ayniqsa, surunkali xastalikka yo'liqqanlar o'z o'zini davolash bilan shug'ullanishlari faqat ziyon yetkazadi. Muhim hujjatlarga imzo qo'yish kerak bo'lsa, erinmasdan qayta-qayta tekshirib ko'ring. Kechqurun moddiy ahvolingiz yaxshilanish ehtimoli bor.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

23 mayda oilalilar ishqiy sarguzashtlardan o'zlarini tiyishlari tavsiya etiladi. Agar vaqtida harakatingizni qilmasangiz, oxiri voy bo'lishi muqarrar. Kunning ikkinchi yarmida kimlardir lotereyaga katta pul yutishi, kimlarningdir plastik kartochkasiga pul kelib tushishi kutiladi. Yana kimlardir merosga ega bo'ladi. Salomatligini vaqtincha unutgan shaxslarga tez tibbiy yordam zarur bo'ladi. Dorilaringizni vaqtida ichishni unutmang.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Kuningiz xuddi tumandagidek o'tishi kutilmoqda. Muhabbatda u qadar yoqimli bo'lmagan hodisalar yuz berishi, kutilmagan sovg'alar olishingiz mumkin. O'zingizga ishongandek ishonib qolgan do'stlardan biri bugunga kelib sizga pand berishi ehtimolga yaqin. Bugun ishingiz ko'p bo'ladi. Ammo dam olishni ham unutib qo'ymang. Agar imkon topsangiz, tabiat qo'ynida dam oling, yoki velosipedda uzoq vaqt sayr qiling.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

23 may kuni atrofdagilarning aksariyati sizdan yordam so'rayverib bezor qilishi mumkin. Shuning uchun ulardan o'zingizni olib qochishingiz kerak. Aks holda o'zingizning ishlaringiz o'lda-jo'lda qolib ketadi. Oqibatda daromaddan quruq qolasiz. Oiladagi muammolarni xotirjamlikda bartaraf etishga harakat qiling. Shaxsiy biznesi borlarning bugun kuni tug'adi. Daromadingiz mo'l bo'ladi. Ishoning. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Eng muhim va yangi g'oyalaringiz bugun haqiqatga aylanadi. Biroq mayda-chuyda ishlarni ham ko'zdan qochirmang. Ijod, adabiyot va okkultizm bilan band do'stlarimiz bugun ko'z ko'rib quloq eshitmagan muvaffaqiyatlarga erishishlari mumkin. Shaxsiy hayotda qalbingizga quloq tutgan holda ish tuting. U sizni aldamaydi. Suyukli insoningiz sizga kechqurun kutilmagan sovg'a hozirlab qo'ymoqchi. Baxtingizga ko'z tegmasin!

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

23 mayda eng avvalo tilingizga ehtiyot bo'ling. Hamkasblar, do'stlardan kimnidir ranjitib qo'yishingiz mumkin. Ishxonangizdagi yumushlarni bajarishda faqat oldinga boqing. Yaqin o'tmishni esga olishdan tiyiling. Pul masalasida bugun omadingiz kelmasligi mumkin. Lekin zahiradagi pullaringiz yetarli. Qayg'uga botmang. Qarindoshlar bilan muloqotda jahl qilishdan saqlaning. Ikki o'rtada katta janjal yuzaga kelishi hech gap emas.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Ishda va jamiyatdagi obro'yingizga putur yetishi ehtimolga yaqin. Buning oldini olish uchun ishxonadagi sizga nisbatan yoshi ulug', tajribasi ko'p hamkasblardan maslahat oling, ziyon ko'rmaysiz. Har qanday vaziyatda ham o'zingizni boshqalarning o'rniga qo'yib ko'rishga erinmang. Kun davomida qo'shimcha daromadli ish taklif qilishsa, albatta rozi bo'ling. Aldoqchilar, ko'ngli qoralarga chuv tushib qolishdan saqlaning. Safarga chiqmang, inqirozga yuz tutasiz.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

23 may kuni shaxsiy biznesiga egalar raqobatchilar va ko'rolmaslar ta'qibiga uchrashlari mumkin. Bu masalada yaqinlaringizning ma'naviy ko'magi zarur bo'ladi. Oilalilarning shaxsiy hayotida ko'ngilsizlik yuz berishi mumkin. Bunga juftingiz bilan hadeganda til topisha olmasligingiz sabab bo'ladi. Ro'zg'ordagi muammolarni yaqinlaringiz bilan bamaslahat hal eting. Bugun moliyaviy masalada omadingiz chopadi.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

Bugun kunning birinchi yarmida kimlar bilandir bahslashib, aytishib qolishdan saqlanishingiz tavsiya etiladi. O'zingizni qo'lga olmasangiz, bunday janjalli lahzalar ko'payib ketishi turgan gap. Emotsiyangizni jilovda ushlang. Kimlardir yangi ishga qo'l uradi. Bu ish sizga moddiy manfaatdorlik hadya etadi. Banklardan katta miqdorda kredit olmang. Oxiri yaxshi bo'lmaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

23 may kuni birinchi bo'lib organizmingizga quloq tuting. Agar yurak urishingiz bezovta bo'lsa, yo bo'g'imlar qaqshab og'riyotgan bo'lsa, darhol mutaxassis qabuliga boring. Oshqozoningiz og'riy boshlasa, demak, ovqatlanish rejimiga amal qilmagan bo'lib chiqasiz. Jismoniy zo'riqishdan saqlaning. Jarohat olishingiz xavfi yuqori. Muhabbatda oila qurmaganlar uchun romantikaning oxiri yo'q. Siz bo'lg'usi juftingiz bilan to'yguncha suhbatlashish imkoniga egasiz. Foydalanib qoling.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Kuningiz xotirjamlikda o'tishi kutilmoqda. Ammo ishxonangizda kayfiyatingiz buzilib, uyga shu taxlit qaytsangiz, bu kayfiyat oiladagi yaqinlaringizga salbiy ta'sir o'tkazishi mumkin. Kechqurun yaqinlaringiz bilan yoqimli suhbatlar quring, sevimli xobbingiz bilan shug'ullaning. Sport bilan shug'ullanish ham bugun sizga sergaklik, qo'shimcha kuch bag'ishlaydi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

 

 

loading...