O'YNAShINI O'LIMGA YeTAKLAGAN IMOM…

0

 

Qozog'istonning Olmaota shahri yaqinida fojia sodir bo'ldi. 33 yoshli Nurgiza ismli ayol, uch bolaning onasi o'zini osish orqali joniga qasd qildi. Nega?..

Ma'lum bo'lishicha, ayol 40 yashar mahalliy imom bilan xufiyona uchrashib yurgan. Qo'shnilar esa yaqinda bu haqda ayolning qonuniy eriga shipshitishgan. Aytishganki, ayol dunyoga keltirgan uchinchi farzandi o'sha imomdan tug'ilgan. Dahshat shundaki, imomdan bu haqda so'rashganda, u hammasini tan oldi. Ayol bilan xufiyona uchrashib kelganini ham, u eriga ko'ngilsizligini ham, bola undan ekanini ham yashirib o'tirmadi. Nurgiza esa nomus azobiga dosh bera olmay o'zini osib qo'ya qolibdi.

Yo alhazar! Ayolni-ku, qo'yib turaylik. Agar xudoning uyiga kirib besh vaqt namoz o'qiydigan, Qur'oni Karim oyatlarini tilga oladigan, barcha musulmonlar imom sifatida qadrlaydiganlar harom ishga qo'l urishdan qo'rqmasa, boshqalardan nima kutsin bu dunyo?..

Astag'firillo!!!

 

 

loading...