Yaqin orada hech kim “xizmat doirasidan tashqari”ga chiqib keta olmaydi!

0

SpaceX kompaniyasi fazoga parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirgan ulkan Falcon 9 raketa tashuvchisi 60 ta mini-sun'iy yo'ldoshlarni orbitaga olib chiqqanligini ma'lum qildi.
Ushbu sun'iy yo'ldoshlar Starlink turkumidagi butunjahon internet tarmog'ining yangi tuzilmasini yaratish vazifasini bajarishga kirishadi.
Parvoz NASAning Florida shtatida joylashgan kosmodromidan amalga oshirilgan bo'lib, manzilga yetkazilgan yukning umumiy og'irligi 18,5 tonnani tashkil etadi.
Starlink sun'iy yo'ldoshlari – butunjahon internet tarmog'iga yangi imkoniyatlarni taqdim etuvchi kosmik qurilmalarning yangi avlodi bo'lib, ular kelgusida insoniyatga Yer yuzining istalgan nuqtasida internetga yuqori tezlikda ulanish imkonini yaratib beradi.
Rejaga muvofiq 2020 yil so'nggiga qadar shunday turkumdagi sun'iy yo'ldoshlardan qariyb 12 mingtasi orbitaga olib chiqilishi ko'zda tutilgan.
Demak, yaqin ikki yildan so'ng, ona sayyoramizning odam oyog'i yetmagan qismiga qochib borsangiz ham “xizmat doirasidan tashqari”ga chiqib keta olmaysiz.
Texnologiyalarga qaramlikdan bezor bo'lgan, vaqti-vaqti bilan bir nafas bo'lsa ham ulardan holi holda erkin nafas olishni istaydigan insonlar uchun naqadar hayratlanarli, ayni damda dahshatli kelajak.