O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 28 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

28 may kuni oldingizga buyuk maqsadlarni qo'ygan holda oldinga intila boshlaysiz. Lekin bu maqsadga yetishish uchun faqat o'z kuchingiz va imkoniyatlavringizgagina tayanasiz. Ish joyingizda ham astoydil harakat qilib, martaba va lavozimingizni oshirish payida bo'ling. Oilaviy hayotda bardoshli bo'lishingiz lozim. Shunda yuzaga kelgan muammolarni xotirjamlikda bartaraf etish mumkin bo'ladi. Biroq biling, oilangizda muammolar juda ham ko'p.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Ertalab ish joyingizga keliboq rahbarlarga uchrashishni xohlab qolasiz. Lekin bu ishni qilmang. Hurmatingiz yo'qolishi mumkin. Yangi vazifalarni kirmasangiz ham baribir sizga topshirishadi. Bugun shaxsiy hayot bilan bog'liq barcha muammolar muvaffaqiyatli bartaraf etiladi. Oilasizlar anchadan beri bo'lg'usi jufti bilan uchrashib kelgan bo'lsa, oila qurish haqida o'ylab ko'rishning vaqti yetdi. Baxtli, saodatli bo'ling!

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

28 mayda shaxsiy biznesiga ega shaxslar nafi tegishi mumkin bo'lgan odamlar bilan aloqani yanada mustahkamlab olishsa, daromad o'z-o'zidan orta boradi. Ishxonadagi majburiyatlaringizni birovlar zimmasiga yuklashdan saqlaning. Qolaversa, biling, vazifangizni qancha tez va sifatli ado etsangiz, pulingiz shuncha ko'p bo'ladi. Muhabbatda siz kutgan hodisalar yuz bermasligi mumkin. Sabrli bo'ling. Ehtiroslar quliga aylanib qolishdan nari bo'ling. Salomat bo'ling.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Bugun nafaqat atrofdagilar, balki o'zingiz bilan ham til topisha olmay xunob bo'lasiz. Bunga miyangizni kemirayotgan bo'lmag'ur xayollar sabab bo'lishi mumkin. Salomatligingiz masalasida muammolar ko'zga tashlanmaydi. Shunga qaramay, ovqatlanishda rejimni buzmang, me'yorni biling. Jismoniya mashqlarni doimiy tarzda bajarib boring. Bugun tabiat qo'yniga chiqib sportning faollik talab qiluvchi turlari bilan shug'ullanish foydali kechadi. Tomorqada ishlash ham sira ziyon qilmaydi.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

28 may kuni birinchi navbatda moddiy ahvolingizni yaxshilash harakatida bo'ling. Lekin do'stlar yoki qarindoshlar emas, o'z kuchingizga tayangan holda bu ishni amalga oshiring. Uyingizda nimanidir ta'mirlash uchun katta pul kerak bo'ladi. Buning uchun moddiy ahvolingiz albatta yaxshi bo'lishi kerak. Kechqurun qalbingizga yaqin bir inson bilan quvonchli lahzalarni baham ko'rasiz. Siz har jabhada o'sha insondan o'rnak olsangiz yaxshi bo'lardi. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Bugun katmoningiz pulga to'ladi. Tabiat qo'ynida dam olib qaytasiz. Dam olish onlarida muammolar haqida o'ylamang. Surunkali xastalikka yo'liqqanlar xalqona usul yordamida muolaja olib ko'rishsa, foydadan xoli bo'lmasdi. Ammo bu ishni ham mutaxassis maslahati bilan amalga oshiring. Ayrimlar kechqurun xizmat safariga jo'nab ketadi. Safar sizga eng yoqimli taassurotlar va emotsiyani hadya etadi.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

28 mayda kayfiyatingizda tushkunlik alomati ko'zga tashlanmaydi. Bu yaxshilikka. Bugun muhim qarorlar chiqarishga shoshilmang. Kunning ikkinchi yarmida yo mukofot puli olasiz, yoki qo'shimcha daromadli ish bajarasiz. Oila qurmaganlar anchadan beri bo'lg'usi jufti bilan jiddiy gaplashib olishni niyat qilgan bo'lsa, bugun kechqurun niyatga yetadi. Salomatlikni asrang. Birovlarning ko'ngliga ozor berishdan saqlaning.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Shaxsiy biznesi bor do'stlarimiz erta tongdanoq raqobatchilarga qarshi kurash rejasini ishlab chiqishlari kerak. Faollikni kamaytirmang. Ularga biznes qilish qanaqa bo'lishini ko'rsatib qo'ya olasiz. Mehnat ta'tilida yurganlarning dam olish lahzalari bugun a'lo darajada kechadi. Juda bo'lmasa, oilaviy bayram uyushtiring. Muhabbatda oila qurmaganlarning bo'lajak jufti bilan munosabatlarida yangilik yasash zarurati tug'ilmoqda. O'ylab ko'ring.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

28 may kuni asosiy vaqtingizni zerikishlar va tushkunliklar qurshovida kechirishingiz mumkin. Ayniqsa, yolg'iz yashaydiganlarning muhabbatga bo'lgan alami aynan bugun zo'rayishi mumkin. Emotsiyani jilovga soling. Kimnidir jazolashdan oldin yuz karra o'ylab ko'ring. Biznes, san'at bilan bog'liq tadbirlar muvaffaqiyatli yakun topadi. Moddiy ahvolingizni yaxshilashda ishxonangizdagi rahbarlar jon kuydirishi kutilmoqda.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Taqdirning jamiki sinovlariga dosh berish uchun o'zingizga bo'lgan ishonch hissi yuqori bo'lishi lozim. Bu ishni amalga oshirish esa sizning qo'lingizdan keladi. Asablarni ham sun'iy tarzda bo'lsa-da, mustahkamlashga harakat qiling. Pul masalasida tavakkalchilikka yo'l qo'ya ko'rmang. Oilalilarning shaxsiy hayotida bugun bir-biridan yoqimli hodisalar sodir bo'ladi. Ba'zilar kechqurun xizmat safariga otlanishi mumkin.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

28 mayda oldindan xavotirlarga keng yo'l berib qo'ymasangiz, ishlaringiz baroridan keladi. Barcha ezgu maqsadlarga aytarli qiyinchiliklarsiz erishasiz. Hazil-mutoyibaga ham erk bering. U-da ishlaringiz o'ngidan kelishida asosiy rollardan birini o'ynashi muqarrar. Ovqatlanish ratsioningizga jiddiy e'tibor qarating. Zaharlanishingiz xavfi sezilmoqda. Muhabbatda suyukli insoningizning ko'ngliga qaragan holda ish tuting.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Tabiatan mehnatsevarsiz. Bugun yangi va ulkan ishga qo'l ursangiz, xuddi shu mehnatsevarligingiz naf berishi tayin. Ish joyingizda hamkasblaringizga qo'pol munosabat yuritib qo'yishdan tiyiling. Juftingizning haddan tashqari ko'p rashk qilishi bugun katta janjallarga sabab bo'lishi mumkin. Ehtiyot bo'ling. Janjal keltirib chiqaradigan barcha yo'llarni yopib tashlang.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading...