Yozning birinchi kunida qanday ob-havo kutilmoqda?

0

Respublika Gidrometeorologiya markazi ertaga mamlakatimizda kutilayotgan ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-20, kunduzi 28-30 daraja issiq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o'z yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 28-33 daraja issiq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz o'zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o'z yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja issiq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o'z yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja issiq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o'z yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22, kunduzi 30-35 daraja issiq bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, kechqurun ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o'z yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq bo'ladi.

Respublikamizning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o'z yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 15-20 daraja iliq bo'ladi.