FOHIShANING DAHShATLI O'LIMI… (Yuragi zaiflar o'qimasin)

0

 

Jinoyatchilar odatda bir narsaga ko'proq e'tibor qaratishadi. Kimnidir o'ldirdingmi, yo o'g'irlik qildingmi, orqangda iz qoldirma!

Yigirma yoshli Petya ham turmadan qaytayotib, poezddaligidayoq o'ziga-o'zi so'z berdi:

— Bundan keyin odam o'ldirsam, iz ham, guvoh ham qoldirmayman!..

 

QIZ JINNISI

 

Petya ilk bora besh yoùligida hunar ko'rsata boshlagandi. Bog'chada har kuni qizlarning ko'rpasi orasiga kirib badanlarini tomosha qilishga odatlangan bolakayni onasi bog'chadan chiqarib olishga majbur bo'lgandi. Petya bundan achchiqlanib qo'shnilarning qizlariga tegajog'lik qila boshladi. Goh yubkasini ko'tarib qochdi, goh ishtonlariniechib qochdi. Agar qizchalar aytganiga ko'nmasa, qiynoqqa solaverdi. Ishqilib, hammani bezor qildi. Qizlardan biri otasiga arz qilgach, erkak Petyani tutib oldi-da, orqasiga yaxshilab savaladi. Shundan so'ng bola ikki kungacha na o'tira oldi, na ovqatlana oldi. Uchinchi sinfdaligida u qizlarning ichki a'zolari bilan yanada qattiq qiziqdi. Buning uchun bir kuni ayollar hojatxonasiga yashirinib oldi-yu, to'ygunicha tomosha qildi. Ammo geografiya o'qituvchisining qo'liga tushib, direktordan rosa adabini yedi.

Petya o'n to'rt yoshdaligida qizlarni zo'rlashga uringani uchun uch yillik majburiy xizmatga tortildi. O'n besh yoshida bo'lsa, yana qiz bolani zo'rlaganlikda ayblanib, uch yilga qamalib ketdi. Bu jazoga ilgarigi uch yillik majburiy xizmat ham qo'shib berildi. Ko'ribsizki, Petya Serafimov 22 yoshida qamoqdan chiqdi. Afsuski, oradan uch oy o'tmay, tag'in ayolni zo'rlab, bu safar besh yilga qamaldi.

 

“ZIYoFAT”

 

Yigirma olti yoshida aministiya tufayli ozodlikka chiqqan Petya qadrdon o'lkasiga qaytdi. Poezddan tushiboq, eski tanishi Polinanikiga kirib bordi.

Albatta, ko'p yildan beri ko'rishishmagan. Ajoyib kecha tashkil qilishdi. O'tirishda Polinaning dugonasi Oksana ham hozir bo'ldi. Ichishdi, mast bo'lishdi. Kayf orasida Petya Oksanaga tegina boshladi. Orada janjal chiqdi. Petya ulardan arazlab, (O'tirish Oksananikiga ko'chgandi) Polinaning kvartira kalitini oldi-da, ko'chaga chiqib ketdi va shahar bo'ylab keza boshladi. Aniqrog'i, suyuqoyoqlar turadigan joyga qarab yo'l oldi va uerdan o'netti yoshli Anjela ismli qizni ellik dollarga sotib olib, to'ppa-to'g'ri Polinanikiga olib bordi.

 

«MEN SENI O'LDIRAMAN!»

 

Ostona hatlab ichkari kirishlari bilan Petyada qizni qattiq qiynoqlar bilan zo'rlash niyati tug'ildi. Anjelaning tomog'idan mahkam g'ijimlarkan, yechinishga buyurdi. Uechinayotib, pulni oldindan berib qo'yishi kerakligini eslatdi.

— Pul olging kep qoldimi? — dedi Petya hamon Anjelaning tomog'ini qo'yib yubormay. — Mana olasan!..

Qiz ham ahmoq emasdi. Shu gapi uchun Petyani kutilmaganda tirsaklab yubordi. G'azabi qo'zg'agan yigit stol ustidagi og'ir shisha kuldonni qo'liga oldi-da, qizning boshiga tushirdi. Anjela hushidan ketdi. Petya esa, paytdan foydalanib bamaylaxotir nafsini qondirib oldi.

Qiz ma'lum vaqt o'tgach, o'ziga keldi. Petya endi uni bo'ralab so'kib, to'satdan qo'liga pichoq oldi. Anjela shunda ham qo'rqmadi. Ish shunchaki basharasiga musht tushirish bilan yakunlansa kerak deb o'yladi. Lekin adashgan edi. Petya unga birpas tikilib turgach, pichoq bilan avval qornini kesib tashladi. Keyin chotining orasiga bir necha marta pichoq soldi. Bunga ham qanoat qilmadi. Qaerdandir bolg'a topib qizning duch kelganeriga tushiraverdi. Hammayoq qonga bo'yaldi. Anjela olamdan o'tdi. Petya uning o'lganini bilib turib ham bolg'a solishdan to'xtamasdi.

— Sen kichkinagina bo'lib turib suyuqoyoqmisan? — qichqirardi u. — Mana shuning uchun ham seni qiynab o'ldirdim!..

Shubhasiz, uning baqir-chaqirlarini qo'shnilar, dugonasinikidan qaytgan Polina ham eshitdi. Ammo ular eshikni ocha olishmadi.

Petya Anjelaning boshini butkul pachoqlab tashlagandan keyingina to'xtadi. Endi murdani qaergadir yashirish lozim edi. Bilardi, tutib olishsa, qotilligi uchun anchagina muddat berishadi. O'ylab turib, murdani bo'laklab yashirishni lozim topdi. Oldiniga qo'llarini, keyin oyoqlarini, oxirida tananing o'zini pichoq bilan bo'laklab chiqdi hamda barcha tana a'zolarini hojatxonaga tashlab yubordi. O'zi esa, sekingina borib divanga yonboshladi-yu, xurrak ota boshladi.

 

BIR KUN OZODLIKDA

 

Qarangki, Polina ertalabgacha qo'shnilarnikida tunashga majbur bo'ldi. Murda tashlangani sabab qo'shnilarning uylariga suv toshgan edi. Ular JEKdagilarni chaqirib kelishdi. Hammalari Polinaning eshigini buzib ichkariga kirishdi. Hojatxona eshigini ochishganlari hamono, gup etib murda isi dimoqqa urildi. Hamma dahshatga tushdi. Kimdir hushidan ketdi, kimdir baqirib yubordi, yana kimdir militsiyaga chopdi…

Sud nihoyat o'z hukmini yig'ilganlarga o'qib eshittirdi. Petya Serafimov bu safar o'n to'qqiz yarim yil intizom kuchaytirilgan turma o'tiradigan bo'ldi.

Igor BAKShEEV

Rus tilidan Olimjon HAYIT tarjimasi

 

loading...