Millatlar Ligasi. Ronaldu xet-trik qayd etib, Portugaliyani musobaqaning finaliga olib chiqdi

0

Millatlar Ligasining yarim finali doirasida Portugaliya hamda Shveysariya o'rtasida to'qnashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda hisob 25 daqiqada mezbonlar sardori Krishtianu Ronaldu tomonidan jarima zarbasi orqali ochildi. Keyin esa Rikardo Rodriges penaltini aniq amalga oshirib, o'rtadagi muvozanatni tikladi. So'ngra yana katta sahnaga Ronaldu chiqdi. U o'yin tugashiga bir necha daqiqa qolganida ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni belgiladi.

Portugaliyaning finaldagi raqibi Gollandiya va Angliya bahsidan so'ng ma'lum bo'ladi.

Portugaliya – Shveysariya 3:1 (1:0, 2:1)

«Dragau» stadioni.

Gollar: 1:0 – 25 Ronaldu, 1:1 – 57, penalti Rodriges, 2:1 – 88 Ronaldu, 3:1 – 90 Ronaldu.

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe (Fonte, 63), Gerreyru, Nelson Semedu, Diash, Ruben Nevesh, Vilyam Karvalyu, Bernardu Silva, Brunu Fernandesh (Moutinyu, 90), Joau Feliks (Gedesh, 70), Ronaldu.

Shveysariya – Zommer, Sher, Rodriges, Mbabu, Akanji, Jaka, Froyler (Drmich, 89), Suber (Shteffen, 83), Zakariya (Fernandesh, 71), Shakiri, Seferovich.
Ogohlantirishlar: Jaka (66), Sher (68), Shakiri (85).