«Real» Azar nomi tushirilgan futbolkalarni chiqarishni boshladi (+foto)

0

Kataloniyaning Barselona shahri aeroportidagi «Real»ning rasmiy do'konida Azar familiyali 7 raqam ostidagi futbolkalar savdo shaxobchalarida paydo bo'ldi. Bu haqda «qirollik klubi»ning twitter’dagi fan-klub sahifasi xabar qiladi.

«Qirollik klubi» yaqin orada «Chelsi» yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Avvalroq, «qaymoqranglilar»ning yettinchi raqami Krishtianu Ronalduga, undan so'ng esa Mariano Diasga tegishli edi.

Qayd etilishicha, 28 yoshli futbolchi Belgiya terma jamoasidagi yig'indan keyin rasmiy tarzda madridliklar a'zosi sifatida tanishtiriladi.

loading...