O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 12 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun ish bilan haddan tashqari band bo'lishingiz juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan o'zaro munosabatlarga putur yetkazishi mumkin. Lekin bu vaqtinchalik muammo. Vaqt keladi va suyganingiz sizni tushunib yetadi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etish maqsadlariga yo'naltirilgan barcha harakatlar omadli kechadi. Kechki payt madaniy dam olishga e'tibor qaratishni unutib qo'ymang.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

12 iyun kuni umumiy ahvolingizni nazoratda ushlang. Agar yurak yoki tomirlarda jiddiy muammo sezilsa, darhol vrach qabuliga boring. Ish joyingizda martaba va lavozimingizni oshirish bilan bog'liq barcha amallar muvaffaqiyatli yakun topadi. Tadbirkorlar bugun kunning ikkinchi yarmida xorij kompaniyalari bilan hamkorlik masalasida shartnomalarni imzolashlari mumkin. Ne ish qilmang, jamoaviylikni tanlang. Yolg'izlikda ko'zlangan natijaga erisha olmaysiz.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Ayollar, qizlar orasida tashqi ko'rinishi, qomatidan ko'ngli to'lmayotganlar bo'lsa, zudlik bilan parhez boshlashlari tavsiya etiladi. Mutaxassisga borib o'tirishingiz ham shart emas. Internetga kirsangiz, hammasini aniqlaysiz. Oilalilar hayotida yorqin tanaffuslar kuzatiladi. Bu xususiy mulk yoki uy-joy oldi-sotdisida ko'zga tashlanadi. Ishxonangizda vaziyatni tezlashtirishga urinmang. Hammasi o'z muddatida sodir bo'lgani ma'qul.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

12 iyunda atrofdagilarga o'zingizdagi eng yaxshi xususiyatlar, iste'dodni namoyish etish niyatida bo'lsangiz, adolatli va ochiq ko'ngil bo'ling. Mas'uliyatni chuqurroq his eta biling. Puldan sira xavotirlanmang. Pulsiz qolib ketmaysiz. Muhabbatda rashk balosidan nari bo'ling. U sizga do'stlik qilmaydi. O'zingizga, keyin suyukli insoningizga qattiq ishoning.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Bugun sizni optimizm va romantika intiq kutadi. Bularning ikkisi bilan ham do'stlashishga ulgurasiz. Faqat ular atrofdagilarga ziyon yetkazishidan saqlaning. Muhabbatda oilasizlar jismonan zo'riqishdan ehtiyotlarini qilsinlar. Agar kechqurun horg'inlik, toliqish, bosh og'rig'i kuzatiladigan bo'lsa, darhol vrachga murojaat eting. Xastalanish va davolanishga hozircha haqqingiz yo'q. Ishlar, muvaffaqiyatlar birinchi navbatda turibdi.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

12 iyun kuni atrofdagilar qarshisida, ishxonangizda o'zingizni yaxshi tutishingiz talab etiladi. Bu masalada qolipdan chiqishingiz foyda keltirmaydi. Birovlarga buyruq berishdan tiyiling. Shaxsiy hayotda ayrimlar jufti bilan bahslashib qolishi mumkin. Tadbirkorlar bugun xizmat safariga otlanishlari kutilmoqda. Safar muvaffaqiyatli o'tadi. Kechqurun salomatligingizni nazoratdan o'tkazib qo'yishni unutmang.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Ertalabdan kayfiyatingiz tobida bo'lmasligi mumkin. Hatto, eng yaqin insoningizning gaplari ham yoqmay ketayotgandek tuyula boshlaydi. Dam olish, asablarga ham dam berish payti yetgan ko'rinadi. Bugun organizmingiz uchun jismoniy zo'riqishlar faqat foyda beradi. Yer chopish, umuman shu kabi jismoniy mehnat salomatligingiz uchun juda foydali kechadi. Bularga bir chimdimgina pozitiv hadya etsangiz, ko'ribsizki, asablar bo'shashib, vujudingizni yoqimli tuyg'ular egallaydi.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

12 iyun tushga qadar yangi tanishuvlarni boshdan o'tkazishingiz mumkin. Juda ehtiyot bo'ling. Kimlardir yangi tanishgan do'stlar bilan orangizda janjal kelib chiqishi uchun astoydil urinib ko'rishi mumkin. Yaqindagina shaxsiy biznesini ochganlar yangi hamkorlar topishga muyassar bo'lishadi. Ular bilan hamkorligingiz xayrli boshlanadi, ishoning. Kechqurun ba'zi do'stlarimizning xonadonida chaqaloq yig'isi jaranglashi kutiladi.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Kunning birinchi yarmini romantika bilan boshlashingiz kutilmoqda. Ammo ishni ham do'ndirib qo'yishingiz kerak bo'ladi. Tadbirkor bo'lsangiz, hamkorlaringiz bilan ancha-muncha ishlarni uddalashga ulgurishingiz kerak. Ijod kishilarini bugun rosmana shon-shuhrat kutadi. Bu-ku mayli, mo'may daromad-chi? Bunaqasi bo'lmagan. Tabriklaymiz! Asablarni asrang. Ovqatlanishda rejimni buzmang!

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

12 iyun kuni bir joyda o'tirib qolishdan ehtiyot bo'ling. Pul osmondan tushmaydi. Unga erishish uchun ishlash kerak. Shunday ishlangki, juda qisqa vaqt ichida orzuingizdagi daromad kissangizga kelib tushsin. Agar chin dildan xohlasangiz, bu ish qo'lingizdan keladi. Shaxsiy hayotda yolg'on va haqiqatni bir-biridan ajratish yo'lida harakatlar sodir etishingizga to'g'ri keladi.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

Kunni toza ko'ngil, sof xayollar bilan boshlashga harakat qiling. Taqdiringizdan faqat mamnun tortishga urining. Har bir ulkan yomonlikdan bir chimdimgina bo'lsin yaxshilik topish payida bo'ling. Ana shunda hayotingiz totli kechishiga guvoh bo'lasiz. Aksini qilsangiz, taqdir deganlari, xunuk xayollar sizni ezg'ilab o'taveradi. Ishxonangizda tashabbuskor bo'ling. Hamkasblarning ko'nglini olishga harakat qiling.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

12 iyunda ertalabdanoq o'zingizni bo'sh qo'yib, dam olish soatlarini boshlab yuborsangiz ham hech kim urishmaydi. Cho'ntak ko'tarsa, tog' yon bag'irlariga chiqib havo almashtirsangiz ham ziyon qilmaydi. Yangi va yoqimli xaridlarga qo'l uring. Bu ham odamga pozitiv kayfiyat beradi. Sport bilan shug'ullanish ruhan tetik bo'lishingizda asqotadi. Oilasizlarning ba'zi birlari kechki payt bo'lg'usi juftini uchratib tanishishlari mumkin.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi