O'zbek san'atida katta yo'qotish…

0

O'zbekiston xalq artisti Qunduz Mirkarimova 94 yoshida olamdan o'tdi.

Qunduz Mirkarimova 1925 yil Toshkentda tug'ilgan. Raqqosa, baletmeyster va pedagog. Tamaraxonim nomidagi balet maktabida ta'lim olgan (1937-1941), Katta teatr (Moskva) qoshidagi xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1951).

Yangiyo'l musiqali drama va komediya teatrida (1943-1946), Muqimiy teatrida (1946-1949), Navoiy teatrida (1951-1953), O'zbekiston davlat filarmoniyasida (1953-1956) yakkaxon raqqosa, “Bahor” ansamblida yakkaxon raqqosa va pedagog-repetitor (1957-1967), badiiy rahbar (1979-1988), Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida pedagog (1964-1979 va 1988 yildan; 1996 yildan professor) sifatida faoliyat yuritdi.

Ijodiy jamoamiz nomidan marxumaning yaqinlariga sabr tilab qolamiz!

Alloh raxmatiga olgan bo'lsin.

loading...