«Qo'qon shamoli» filmi aynan nima haqda?

0

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qo'qon shamoli» filmining dastlabki treyki e'lon qilindi. Bu haqda aktyor Bobur Yo'ldoshev o'z instagram sahifasida ma'lum qilgan.

Qo'qon xonligining XVIII asr oxiri — XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy muhiti, o'sha davr chigalliklari haqidagi «Qo'qon shamoli» tarixiy filmining ilk tizeri e'lon qilindi.
May oyida boshlangan suratga olish ishlari Qo'qon shahrida, 2 oydan ortiq vaqt davomida 50 dan ortiq dekorator tomonidan qurilgan muhtasham dekoratsiyada davom etmoqda.
Film premyerasi kuz oylariga mo'ljallangan.
Rejissyor Dilmurod Masaidov, prodyuser Mahmud Erkabayev.

Bosh rollarni Ilhom Berdiyev, Bobur Yo'ldoshev, Rayhon, Gulbahor Yo'ldosheva va boshqalar ijro etgan.