Shahzoda Muhammedova: «Men bepulga reklama qilmayman, hurmatli tadbirkorlar!!!»

0

Shahzoda Muhammedova o'z instagram sahifasida ayrim surbet tadbirkorlarga kichik istehzo qilib o'tdi.

— Hech kimga sir emas, instagram tarmoqlarida internet shop magazinlar faoliyatlari juda aktiv bo'lib ketgan. Kuniga direckt orqali 100dan ziyod internet shop magazinlari tomonidan ko'plab takliflar bilan chiqishadi. «Profilimni reklama qilib bering, sizni foydalanuvchilaringiz soni 2 milliondan ortiq ekan. Evaziga qancha xohlasangiz, mahsulotlarimizdan oling deb aytishadi. To'g'ri, bu juda zo'r taklif. Bilaman boshqa aktrisalar mana shunday kelishuv asosida reklama qilayotgandir o'z instagram sahifasida. Lekin biz san'atkormiz. Xalqning e'tiboridagi insonlarmiz. Biz targ'ib qilgan mahsulot sifat darajasini bilishimiz kerak.

Shu uchun men kelishuv asosida 20 ta emas, bir dona mahsulotidan olaman. Ammo undan tashqari tadbirkorning mahsulotini reklama qilganim uchun maxsus gonorar olaman. Eslatib o'taman, Men bepulga reklama qilmayman, hurmatli tadbirkorlar!!!