BU ChOY YuRAK XURUJINING OLDINI OLADI…

0

 

Devis universiteti olimlari yangi tadqiqotlar yordamida ko'k choyning asosiy foydali xususiyatlarini aniqlashdi. Ma'lum bo'ldiki, ko'k choy tarkibidagi katexinlar yurak xurujining oldini olib, qon tomirlardagi shamollash jarayonini yo'qqa chiqara olarkan. Yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, ko'k choy infarkt, insult, tuxumdonlar saratoni kabilarning organizmga yaqin yo'lamasligida muhim ahamiyat kasb etarkan.

Ammo ko'k choyni yuqorida nomlari tilga olingan xastaliklarga qarshi to'laqonli muolaja vositasi deb ham bo'lmaydi. U kasallikning oldini olishda qo'shimcha vosita vazifasinigina bajaradi. Qolgan amallarni vrach maslahatiga asoslangan holda ado etish lozim bo'ladi.

 

 

loading...