Evropa investitsiya bankining 100 mln yevro kredit mablag'lari nimalarga ajratiladi?

0

“Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” (2-qo'shimcha moliyalashtirish)” loyihasi doirasida Yevropa investitsiya banki mablag'larini jalb qilish chora-tadbirlari to'g'risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Yevropa investitsiya bankining (EIB) 100 mln yevro miqdoridagi kredit mablag'lari energiya jihatidan samarali asbob-uskunalarni xarid qilish va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo'yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratiladi.

Agar YeIB bilan boshqacha kelishilmagan bo'lsa, YeIB kreditidan bitta tashkilotga beriladigan kreditning summasi 10 mln dollardan, sanoatning bitta tarmog'ida sanoat korxonalariga beriladigan kreditlarning miqdori 30 mln dollardan ortiq bo'lishi mumkin emas.

loading...