Lola Yo'ldosheva ko'cha va avtobusda qo'shiq kuyladi! (+Video)

0

Xonanda Lola Yo'ldosheva bu gal muxlislarini qoyil qoldirishning yangi yo'lini topdi. U avtobusda, ko'chada jonli tarzda qo'shiq kuyladi. Va bu lahzalar videolavhalarga muhrlandi.

— Bu shahar baxt va ezgulikka to'la! Siz ularni baham ko'rishdan uyalmasligingiz kerak xolos, – deb yozadi xonanda o'z instagram sahifasida.

Musiqamiz yordamida har bir kishiga baxt va saodat lahzalarini baxsh etishga harakat qildik. Shahar aholisini pozitiv to'lqinga sozlab, kun bo'yi yaxshi kayfiyat bag'ishlashga harakat qildik.

Juda ajoyib bo'ldi. Bu baxtli daqiqalarni men bilan baham ko'rganingiz uchun rahmat!

loading...