Dollar jahon bozoridan siqib chiqarilmoqda

1

Rossiya hisob-kitob qilishda savdodagi yirik sherigi Xitoy bilan birgalikda dollardan voz kechishi mumkin.

Moskva va Pekin 2014 yil dekabr oyida milliy valyutalarga o'tish qaroriga keldi. Shu vaqtdan boshlab, AQSh, Buyuk Britaniya va YeI banklari ishtirokisiz to'g'ridan to'g'ri rublda savdo qilish haqida bitim kuchga kirdi.

Taxminlarga ko'ra, milliy valyutalarda hisob-kitob qilish tizimi shu yil yakuniga qadar ishga tushiriladi va birinchi navbatda yirik Rossiya neftgaz, qishloq xo'jalik kompaniyalarini qamrab oladi.

Vashington iqtisodiy sanksiyalari kuchayishi xavfi tufayli Moskva va Pekin bu jarayonni tezlashtirishmoqda. New Times gazetasining xabar berishishicha, Vashington keskinligi Rossiya va Xitoyni Amerika valyutasini jahon bozoridan chiqarishga  undamoqda va bu yomon natijalar bilan yakunlashi mumkin.

Yangi to'lov mexanizmi nafaqat sanksiya bosimidan ishonarli himoya qiladi, balki dollarni asosiy zaxira valyutasi sifatidagi maqomini puchga chiqarishi mumkin.

Evropaning AQShga bog'liqligi kuchsizlanmoqda. Vashington sanksiyalari tahdidiga qaramasdan, YeI mamlakatlari Erondan neft sotib olishda davom etmoqda. To'lovlar dollarda emas, yevroda amalga oshirilmoqda.

Evropaliklar Amerika cheklovlarini INSTEX moliyaviy tranzaksiyalar mexanizmi yordamida amalga oshirishga harakat qilmoqda. Bu tizimni ishga tushirilishi haqida o'tgan haftada Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya ma'lum qilgandi.

28-iyundan boshlab bu mexanizm YeI barcha mamlakatlari uchun ochildi, yaqin kelajakda boshqa davlatlar kompaniyalari ham foydalanishi mumkin.

Tehron kelgusida neft va boshqa tovarlarni Yevropaga yetkazib berishni davom ettirishi mumkin. Bular uchun pullarni INSTEX Eron banklariga emas, balki Eronga mahsulotlarni eksport qiluvchi Yevropa kompaniyalariga jo'natadi.

INSTEX AQShning jahon iqtisodiy tartibini nazorat qilish istagiga zarba beradi,  Yevropa “dollardan xoli” bo'lishi mumkin. Ammo hamon Vashington sanksiyalar bilan tahdid qilgan holda yevropaliklarni bu loyihadan voz kechishga majbur qilishga harakat qilmoqda.

Bloomberg AQSh Moliya vaziri G'rinbosari Sigal Mandelker xatiga asosan bayon etilishicha, “INSTEX aloqador bo'lgan rasmiy shaxslar”, AQShning moliviy tizimidan chiqarib yuboriladi.

Internet materiallari asosida Sevara tayyorladi

loading...

1 TA FIKR

Comments are closed.