Shavkat Mirziyoyevning o'rinli tanqidi

0


Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat tovarlari sifatini oshirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.
Davlatimiz rahbari qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yig'ish, tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va eksport qilish jarayonlarini qamrab oladigan zamonaviy agrologistika markazlarini ko'paytirish zarurligini ta'kidladi.
2025 yilga qadar sovutkichlar sonini 4 ming 500 taga, agrologistika markazlarini 140 taga yetkazishga topshiriq berildi.
Qishloq xo'jaligi vazirligi, Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga har bir tumanda kamida beshtadan qishloq xo'jaligi kooperatsiyalarini tashkil etish, ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlash vazifasi qo'yildi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini sinash bo'yicha Jahon savdo tashkilotining talablariga mos 775 ta standart bo'lsa, mamlakatimizda ularning 100 tasi joriy qilingani, 100 dan ortiq laboratoriyadan atigi 10 tasi xalqaro darajada akkreditatsiyadan o'tgani tanqid qilindi.

loading...