Messi boshpanasizlarga ko'mak ko'rsatmoqda (+foto)

0
«Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga qarashli Rosariodagi restoranda maxsus aksiya o'tkazilmoqda, deya xabar beradi CA nashri.

5 iyul kuni start berilgan aksiyada boshpanasizlarga tekinga issiq taom taqdim etiladi.

«Ba'zilarga xatto qahva, alkogolsiz ichimlik va xatto vino berildi. Restoranimizga juda ko'p odam tashrif buyurdi va ularning barchasi o'zini munosib tutishdi. Bu aksiyani 15 kunga uzaytirmoqchimiz» – deydi restoran menejeri Ariel Almada.

loading...