623 mln. so'mdan ziyod mablag' iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi

0

Qoraqalpog'iston Respublikasi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi va uning tuman (shahar) jamiyatlarida 2019 yilning 2-chorak davomida fuqarolar (iste'molchilar)dan jami 273 ta ariza va shikoyatlar kelib tushdi va ular sohalari bo'yicha; 6 tasi kommunal xizmati bo'yicha, 80 tasi savdo bo'yicha, 2 tasi sog'liqni saqlash bo'yicha, 30 tasi gaz ta'minoti bo'yicha, 21 tasi suv ta'minoti bo'yicha, 3 tasi aloqa bo'yicha, 21 tasi transport sohasi bo'yicha, 31 tasi elektr ta'minoti bo'yicha, 33 tasi Xizmat ko'rsatish sohasi bo'yicha, 46 tasi boshqa sohalar bo'yicha fuqarolar (iste'molchilar)ning ariza va shikoyatlari o'rganilib aniqlangan hato kamchiliklar bartaraf yetilib, iste'molchilarning bo'zilgan haq huquqlari qonun xujjatlari asosida himoya qilinib kelinmoqda. 2019 yilning 2-chorak davomida  iste'molchilarga yetkazilgan zarar jami 623 152 935 so'mni tashkil etadi va iste'molchilar (fuqarolar)ga qayta hisob-kitob qilib berildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisining Yoshlar masalasi bo'yicha  o'rinbosari, Matbuot va axborot sektori boshlig'i Shuhrat Saidahmadov.

loading...